2017-09-07 / 14:46 / 1118

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi 2017 yil 5 iyuldagi PF-5106-sonli farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining “O‘zbekiston yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” gi qo‘shma qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 2017 yil 4-5 sentyabr kunlari Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining guruh, 6-10 sentyabr kunlari - fakultet yetakchilari va 18-19 sentyabr - Universitet yetakchisi saylovlari bo‘lib o‘tadi.

Saylovlar demokratik tamoyillarga asoslangan holda o‘tkaziladi.

Universitet Yoshlar yetakchisi lavozimiga nomzod hujjatlarini 10 sentyabr kuniga qadar Universitetning “Ma’naviyat va ma’rifat” bo‘limiga taqdim etadi.

“A” bino, 6 xona. Telefon: 267-05-34, 319 (ichki)

Yoshlar-ittifoqi-BT-Nizomi.pdf