15.11.2018

2018-yil 29-noyabr, soat 14:30 da JIDUning B bino, 103 o‘quv xonasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.27.06.2017.Tar/Yu/I/S/24.01 raqamli Ilmiy kengashning yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Mazkur yig‘ilishda S.E.A’zamning “Tashqi savdoni erkinlashtirish sharoitida O‘zbekiston sanoat siyosati transformatsiyasi” (DSc) mavzusidagi 08.00.09 – Jahon iqtisodiyoti ixtisosligi bo‘yicha va N.R.Fayzullayevaning “Hozirgi zamon xalqaro shartnomalar huquqida istisnolar: O‘zbekiston Respublikasining nazariyasi va amaliyoti” (PhD) mavzusidagi 12.00.10-Xalqaro huquq ixtisosligi bo‘yicha dissertatsiya ishi muhokamasi kun tartibiga kiritilgan.

Barcha qiziquvchilarni taklif etamiz.

Avtoreferat - S. A`zam (PDF)

Avtoreferat - N. Fayzullayeva (PDF)